Poroshenko Putinga nega minnatdorlik bildirdi?

Poroshenko Putinga nega minnatdorlik bildirdi?

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko CNN telekanali efirida kinoya qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga go‘yoki “u Ukrainani Yevropaga yaqinroq davlatga aylantirganiga” minnatdorlik bildirdi.    

Poroshenkoning aytishicha, Ukrainada 5 yil avval Yevropa bilan birlashishni 33 foiz aholi istagan bo‘lsa, hozirda esa 77 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.  

“Kim buni qildi? Putin. Shu sababli, janob Putin, davlatimni Yevropaga yaqinroq hamda yevropacha va transatlantik qadriyatlarni himoya qilishga tayyor qilganingiz uchun rahmat” 

Ukraina prezidenti o‘z so‘zlari intihosida uning davlati “hech qachon boshqa Rus imperiyasiga qaytmasligiga” va’da bergan. 

2016 yilda Kiyev NATOga kirishni Ukrainaning tashqi siyosati maqsadi qilib belgilagan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!