Pentagon rahbarligiga nomzod Rossiyaning Arktikadagi ta’siridan xavotirda

Pentagon rahbarligiga nomzod Rossiyaning Arktikadagi ta’siridan xavotirda

Pentagon rahbari lavozimiga nomzod Lloyd Ostin Rossiya va Xitoyning Arktikadagi ta’siridan xavotir bildirdi, deb yozdi RIA Novosti.

Uning ta’kidlashicha, Arktikaning tabiiy landshafti va strategik muvozanati iqlim o‘zgarishini "faol ravishda o‘zgartiradi". Shuningdek, Arktika "tezlik bilan" "geosiyosiy raqobat mintaqasiga" aylanmoqda.

«Men Rossiya harbiy kuchlarining to‘planishi va uning ushbu hududda hamda butun dunyoda tajovuzkor xatti-harakatlaridan jiddiy xavotirdaman. Xuddi shunday, Xitoyning mintaqadagi niyatlari ham  qattiq xavotir uyg‘otmoqda», deya ta’kidlagan Ostin AQSh Senatidagi tinglovda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!