Orenburgda aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni oshmoqda​​​​​​​

Orenburgda aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni oshmoqda​​​​​​​

Orsk shahrida surrogat spirtli ichimliklar bilan ommaviy zaharlanish jinoyat ishi tufayli 12-ayblanuvchi hibsga olingani haqida viloyat sudlarining birlashgan matbuot xizmatida ma’lum qilingan.

«Orsk shahrining Lenin tuman sudida qalbaki alkogolli ichimliklar sotishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash jarayoni davom etmoqda. Ikki oyga qamoqqa olish chorasi tanlandi, u sud zalida hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq, qo‘lga olingan 15 kishidan 11 nafari spirtli ichimliklarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash yoki sotish bo‘yicha hibsga olingan yoki uy qamog‘iga yuborilgan.

Viloyat gubernatori o‘rinbosari - Sog‘liqni saqlash vaziri Tatyana Savinovaning aytishicha, oxirgi 24 soat ichida Orenburg viloyati kasalxonalariga surrogat spirtidan zaharlangan birorta ham odam yotqizilmagan.

Viloyat hokimiyatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Orenburg viloyatida qalbaki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qurbonlari soni 34 kishiga yetgan. Yana 24 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Afsuski, o‘lganlar soni yana ko‘payishi mumkin - to‘rt kishi og‘ir ahvolda sun’iy nafas oldirish moslamasiga ulangan. Uch bemor doimiy gemodializda qolmoqda.

Fojia munosabati bilan olti nafar voyaga yetmagan bola ham ota, ham onasidan ham ayrilgani xabar berilgan.

6-7 oktyabrga o‘tar kechasi Yanenskiy, Dombarovskiy va Adamovskiy tumanlarining 36 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan bir necha aholisi metanoldan zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning hammasi bitta ishlab chiqaruvchidan alkogol sotib olishgan. Tergov doirasida Orskdagi savdo-xarid bazasidan 1279 shisha aroq musodara qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!