Orban Putin bilan munosabatlarni saqlab qolgan yagona Yevropa yetakchisi bo‘lib qolmoqda

Orban Putin bilan munosabatlarni saqlab qolgan yagona Yevropa yetakchisi bo‘lib qolmoqda

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, uning Kiyevga tashrifi Budapeshtning Yevropa Ittifoqiga raisligi bilan bog‘liq.

Vengriya 1 iyuldan YEI kengashiga raislik qiladi.

«Vengriya raisligidan maqsad Yevropa Ittifoqi oldida turgan muammolarni hal qilishga hissa qo‘shishdir. Shuning uchun mening birinchi safarim Kiyevga bo‘ladi», — dedi Orban Facebook’dagi bayonotida.

Orban Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarni saqlab qolgan yagona Yevropa yetakchisi bo‘lib qolmoqda.

U, shuningdek, Ukrainaga yordamga qarshi chiqdi va yaqinda Yevropa Ittifoqining Kiyevga yirik yordam paketini taqdim etish qarorini blokladi. Yevroittifoqning boshqa yetakchilari maxsus sammitda Orbanga uning bu boradagi pozisiyasini qabul qilib bo‘lmasligini aytganidan keyingina Vengriya vetosini bekor qilishga rozi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!