«Omikron» — koronavirusning oxirgi shtammi emas — virusolog

«Omikron» — koronavirusning oxirgi shtammi emas — virusolog

«Omikron» — koronavirusning oxirgi shtammi emas, ammo undan keyin pandemiya susayishi mumkin. Bu haqda rossiyalik virusolog Vitaliy Zverev "Interfaks agentligiga" bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Omikron"ni koronavirusning so‘nggi bosqichi, deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Hech kim yangi variant paydo bo‘lmasligiga kafolat bera olmaydi. Ammo pandemiya, albatta, susayadi va tajribaga ko‘ra, yangi shakllar avvalgilariga qaraganda yengilroq bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan», dedi virusolog.

Avvalroq immunolog, tibbiyot fanlari doktori Vladislav Jemchugov koronavirusning «omikron» shtammi tarqalishi mamlakatda epidemiyaga qarshi kurashni osonlashtiradigan ma’lum ijobiy jihatlarga ega ekanligini tushuntirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!