"Olmazor" bekatidan Sergeliga qaytnaydigan yangi avtobus paydo bo‘ldi

"Olmazor" bekatidan Sergeliga qaytnaydigan yangi avtobus paydo bo‘ldi

Sergelida yangi qurilgan uylarni shahar markazi bilan bog‘lash maqsadida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi, deb xabar qilmoqda Toshshahyo‘lovchitrans .

Jumladan, 133A Yangi Sergeli mavzesi Olmazor metro bekati yo‘nalishi faoliyati joriy yil 25 apreldan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi , - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi avtobus yo‘nalishi joriy etishga sabab Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab bo‘lgan.

Sergeli tumanida qisqa fursatda bunyod etilgan yangi uylar bugun katta mavzega aylandi.Shundan kelib chiqib Toshshahartransxizmat AJ tomonidan ushbu mavzelardan o‘tuvchi yo‘nalishlarning harakat jadvaliga qo‘shimcha avtobuslar biriktirishga qaror qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!