Okean ajoyibotlari

Okean ajoyibotlari

Okeandagi hayvonot va tiriklik dunyosi yaxshi o‘rganilmagan. Lekin hozirgacha bilganlarimizning o‘ziyoq bizni hayratlanishga undaydi. Masalan, kalmarlarni olaylik. O‘zi bitta suv jonivori. Ammo erkak kalmar urg‘ochi kalmarni jigarrang tusda bo‘lganini yaxshi ko‘radi, oq ranglisidan o‘lgiday qo‘rqadi.

Dunyo okeanlarining o‘rtacha chuqurligi 3720 metrgacha boradi, quyosh nurlari esa dengiz suvini 100 metriga yetib boradi, xolos. Demak, okeanning bundan past qismlar mutlaq yuz-tuban qorong‘ulikda yashaydi. Eng qizig‘i, Tinch okeanining g‘arbidagi Mariana xandagi yer yuzidagi ma’lum bo‘lgan eng chuqur okeanik xandak hisoblanadi. Uning nomi shu yaqin atrofdagi Marian orollari nomidan kelib chiqqan. Mariana xandagining eng chuqur nuqtasi - Challenger Abyss deyiladi. 2011 yildagi o‘lchovlarga ko‘ra, uning chuqurligi dengiz sathidan 10994 metr pastda.  Bu juda chuqur! Agar 8848 metr balandlikka ega bo‘lgan Everest tog‘ini bu yerga qo‘yish mumkin bo‘lganda edi, yana 2 kilometr joy bo‘sh qolar edi.

Endi bu ma’lumotga e’tibor qarating: 11 kilometr chuqurlikda suv bosimi 108, 6 MPaga yetadi, bu dengiz sathidagi normal atmosfera bosimidan taxminan 1072 baravar yuqori. 

1960 yili «Triyest» (batiskaf)ning tadqiqotchi olimlari okean tubiga tushganlarida hali fanga aniq bo‘lmagan har xil baliqqa o‘xshash allambalo jonivorlarga duch keldilar. Boshqa kuzatuv guruh a’zolari ham bu ajoyib-g‘aroyib, sensasiyaga moyil suv jonivorlari va ular bilan voqealarning guvohi bo‘lishgan. Taxminan 100 tonnalik akulaning gigant tishlarini topishganida esa okean nechog‘li ulkan imkoniyat maydoni ekanidan lol qolganlar.

Batiskaf tadqiqotchilari va «Xayfush» olimlaridan biri okeanning “Bezdne Chelenjer” deb nom olgan tubsizligiga sho‘ng‘iganida bahaybat maxluq – kaltakesaklarning ulkan avlodi bo‘lgan godzillani ko‘rgan. Amerikaliklar mashhur “Godzilla” filmi o‘sha okeanshunos olimning ko‘rgani va aytib berganligi asosida suratga olingan, deyishadi.

Jumaqul KARIM tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!