Nokia bir zaryadda 21 kungacha ishlovchi telefonini namoyish etdi

Nokia bir zaryadda 21 kungacha ishlovchi telefonini namoyish etdi

Manbaga ko‘ra, telefon 800 mAs sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Bunday akkumulyator bilan u suhbat rejimida - 15,7 soat va kutish rejimida 21 kungacha ishlay oladi. Qurilma MicroUSB kabeli orqali zaryad oladi. 

Displey diagonali 1,8 dyuymni tashkil qiladi, qurilma MTK 6261D prosessorida ishlaydi, xotira hajmi 4+4 Gb, ikki sim-kartani qo‘llash mumkin. Telefon 2 minggacha kontakt va 500 xabarni saqlay oladi. 

Shuningdek unda Snake Xenzia va Nokia telefonlariga xos bo‘lgan boshqa o‘yinlar o‘rnatilgan. 

Devays to‘rt xil rangda chiqadi: oq, qora, kulrang va ko‘k. Nokia 106 telefonining Rossiyadagi tavsiya etilgan narxi — 1590 rubl.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!