Niderlandiyada suv tanqisligi kuzatilmoqda

Niderlandiyada suv tanqisligi kuzatilmoqda

Niderlandiyada chuchuk suv tanqisligi kuzatilmoqda. Mamlakat rasmiylari aholiga murojaat qildi, deya xabar berdi Yeuronews axborot agentligi.

«Suv ichish uchun hech qanday xavf yo‘q, shuni alohida ta’kidlamoqchiman. Mas’ul mutaxassislar uning to‘g‘ri yetkazib berilishini kechayu kunduz nazorat qilmoqda. Lekin suvni juda tejab ishlatish kerak. Hozirgi vaqtda dengizchilik va qishloq xo‘jaligi ayniqsa, zarar ko‘rmoqda. Daryolar suvi kamaymoqda, kemalar esa kamroq yuk tashmoqda», - dedi suv masalalari menejeri Mishel Blom.

Xuddi shunday holat Gelderland va Overeyssel provinsiyalari hududidan o‘tuvchi Eysel daryosida ham kuzatilmoqda.

«Eysel daryosining tortilishi tufayli nasoslar suv tortib ololmayapti», - dedi Niderlandiya suv resurslari kengashi mutaxassisi Xenk Veldxuyzen.

Mamlakat infratuzilma va suv xo‘jaligi vaziri Mark Xarbers aholini suvni iloji boricha tejashga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!