NATO bosh kotibi Ukraina g‘alaba qozonishi uchun hali kech emasligini ta’kidladi

NATO bosh kotibi Ukraina g‘alaba qozonishi uchun hali kech emasligini ta’kidladi

Yens Stoltenbergning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va boshqa g‘arb davlatlari Kiyevga yangi yordam paketlari ajratgandan so‘ng, bu majburiyatlarni haqiqiy qurol va o‘q-dorilar yetkazib berishga aylantirish zarur.

NATO bosh kotibi ittifoqchilarni Kiyevga harbiy yordam yetkazishni tezlashtirishga chaqirdi. 25 aprel kuni Berlinda chiqish qilgan bosh kotib so‘nggi oylarda NATO ittifoqchilari Ukrainaga va’da qilgan yordamni ko‘rsatmaganini ta’kidladi. «Ammo Ukrainaning g‘alabasi uchun hali kech emas, chunki katta qo‘llab-quvvatlash allaqachon yo‘lda», dedi u.

Stoltenbergning eslatishicha, AQSh Kongressi yaqinda Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik yordam paketini ma’qullagan va NATOga a’zo boshqa davlatlar, xususan, Britaniya, Germaniya va Niderlandiya qo‘shimcha mablag‘ va harbiy ta’minotni e’lon qilgan.

«Endi bizning mas’uliyatimiz – bu majburiyatlarni haqiqiy qurol va o‘q-dorilarga aylantirish va buni imkon qadar tezroq bajarish», dedi Shimoliy Atlantika alyansi rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!