NASA Quyoshga "tegadigan" Parker zondini yubordi

NASA Quyoshga "tegadigan" Parker zondini yubordi

NASA Parker zondini Quyoshga yubordi. Bu Quyoshga "tegadigan" birinchi kosmik kema bo‘ladi

12 avgust kuni NASA kosmik agentligi koinotga Parker zondini Quyoshga yetkazishi kerak bo‘lgan Delta IV Heavy raketasini uchirdi. Hajmi kichik avtomobildek bo‘lgan qurilma 1950 yillarda dunyoda birinchilardan bo‘lib quyosh shamolini – quyoshdan doimiy ravishda chiqariladigan zaryadlangan zarralar oqimini tasvirlagan astrofizik Yevgeniy Parker nomi bilan atalgan.

NASA Parker quyosh zondini quyoshga "tegadigan" birinchi kosmik kema sifatida ta’riflamoqda. Olimlarning rejasiga ko‘ra, yetti yilga mo‘ljallangan missiya davomida zond yulduz atrofida 24 marta aylanib, unga rekord masofada 6,1 million kilometr yaqinlashadi; hozirda rekord 1976 yilda Quyoshdan 43,4 million kilometr uzoqlikda uchgan nemis-amerika hamkorligidagi Helios-2 zondiga tegishli. Yerning Quyoshdan o‘rtacha masofasi 149,6 million kilometrni tashkil qiladi.

Parker quyosh zondi yulduzning yuqori atmosferasi bo‘lgan quyosh tojiga kirgan birinchi kosmik kema bo‘ldi. Prob erishi oldini olish uchun u 11 sm qalinlikdagi CFRP ekran bilan himoyalangan bo‘lib, taxminan 1300 daraja harorat uchun mo‘ljallangan; avtonom datchik tizimi probning himoyalangan tomonidan quyoshga burilishini ta’minlaydi. Zond yaratuvchilari, Jons Hopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ilgari kosmik apparatlar Quyoshga yaqinlasha olmagan, chunki texnologiya ularni yetarli darajada issiqlik muhofazasi bilan ta’minlashga imkon bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!