Namanganlik fermer o‘z ko‘ksiga o‘q uzdi

Namanganlik fermer o‘z ko‘ksiga o‘q uzdi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida fermer halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi 58 yoshli fermer T.X. boshqa fermerdan 15 ming dollar qarz bo‘lgan. Shundan so‘ng fermer qarzini qaytara olmasligini bilgach, tushkunlikka tushgan. U uyidagi «Ij-27 YE» rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zining yuragiga tirab, o‘ziga o‘q uzgan. Natijada fermer voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi "Daryo" tarqatgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!