Mutaxassis: "BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qilishi dargumon"

Mutaxassis: "BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qilishi dargumon"

Duma deputati Rossiya sobiq bosh shifokori Gennadiy Onishenko amerikalik epidemiologlarning “BCG vaksinasi koronavirusdan himoya qiladi” degan fikriga qo‘shilmaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

“Bu gaplar o‘ylab chiqarilgan, uydirma. Men o‘tgan qisqa davr ichida kimdir ushbu mavzuda ilmiy tekshirish o‘tkazib, buning tasdig‘ini  topganiga ishonmayman. Men bu yerda hech qanday bog‘liqlik ko‘rmayapman”, - dedi Onishenko.

Biroz oldin amerikalik olimlar koronavirus bilan kasallangan davlatlar statistik ma’lumotlarini tahlil qilib, koronavirus bilan kasallanish tezligi va o‘limlar soni ushbu mamlakatda tuberkulyozga qarshi BCG vaksinasi naqadar ommaviyligiga bog‘liq, degan xulosani e’lon qilishgan edi.

Xususan, ular BCG vaksinasi ommaviy va majburiy bo‘lmagan Italiya va Niderlandda koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘p bo‘lgani hamda yuqoridagi vaksina majburiy bo‘lgan Braziliyada kasallik tarqalish tezligi va o‘limlar soni dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan kam bo‘lganini ta’kidlashgan edi.

COVID-19 pandemiyasi bugungi kunda dunyoning 180 mamlakatida 750 mingdar ortiq kishida qayd etilgan. 36 mingdan ortiq odam vafot etgan. Rossiyada ayni damda 2337 nafar kasallanganlar qayd etilgan, ulardan 1613 nafari Moskvada. Bir necha hududlarda o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibi amal qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!