Moliya vazirligi Davlat byudjetini keng ommaga tushunarli ko‘rinishda chop etdi

Moliya vazirligi Davlat byudjetini keng ommaga tushunarli ko‘rinishda chop etdi

Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri tayyorlanib, ommaga havola etildi.

Soddalashtirilgan byudjet loyihasi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasining moliyaviy yordamida tayyorlangan.

“Fuqarolar uchun byudjet – bu Davlat byudjeti to‘g‘risida, keng omma (barcha fuqarolar) uchun qulay va tushunarli tilda ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘plamidir”, - deb ma’lum qilishdi vazirlikda.

Xabarda keltirilishicha, “Fuqarolar uchun byudjet” loyihasida iqtisodiy termin va atamalardan iloji boricha kamroq foydalangan holda ko‘proq, inforgrafikalar, misollar va tahliliy ko‘rsatkichlardan foydalanib, fuqarolarga imkon qadar qo‘proq foydali ma’lumotlarni yetkazish maqsad etib belgilangan.

2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy yo‘nalishlari aks ettirilgan.

“Fuqarolar uchun byudjet” loyihasining xulosaviy qismida “Sizning fikringiz”shaklida savolnoma keltirilgan. Ushbu savolnoma natijalaridan navbatdagi loyihani ishlab chiqishda foydalaniladi.

Shuningdek, Moliya vazirligi “Ochiq byudjet” saytini ishlab chiqmoqda. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan Davlat byudjeti ma’lumotlarini onlayn tarzda olishlari mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar uchun byudjet loyihasi Buyuk Britaniya, Rossiya Federasiyasi, Norvegiya, Braziliya, Meksika va boshqa ko‘plab yetakchi davlatlarda chop etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!