Masjidni yoqib yuborgan fuqaro 24,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Masjidni yoqib yuborgan fuqaro 24,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ikki yil muqaddam AQShning Viktoriya shahridagi (Texas shtati) masjidni yoqib yuborgan Mark Vinsent Perez 24,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Perez ijtimoiy tarmoqlarda islomofob qarashlarini ochiq-oydin bayon etib kelgan, musulmonlarga qarshi kurashish uchun guruh tuzishga chaqirgan.

27 yoshli Perez qamoq jazosini o‘taganidan keyin o‘zi o‘t qo‘yib yuborgan masjidning pulini to‘lab beradi. Sud qarorini ko‘ra, u har oy musulmonlar jamoasiga 250 dollar to‘lashi lozim, bu mablag‘ uning daromadiga qarab ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

Victoria Advocate nashrining yozishicha, yoqib yuborilgan paytda masjid binosining qiymati 373 370 dollarga teng bo‘lgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!