Mashina ayolga dastyormi?

Mashina ayolga dastyormi?

Ayol har tomonlama o‘zini ko‘rsata oladi. Avvallari ayol faqatgina uy bekasi, faqatgina onalik vazifasini uddalasa bo‘lgani degan qarashlar, shu bilan birga bunday muhitga ko‘nikuvchilar soni ko‘p edi. Hozirgi kunda esa rivojlanib borayotgan bunday davrda ayol kishi har tomonlama bilimini, o‘z tajribalarini bemalol omma oldida ko‘rsata oladi, barcha ishga ulgurishga harakat qiladi. Nega endi avtomobil boshqarishda ikkilanishi kerak, nega endi qo‘rquv bo‘lishi kerak, nega endi ayol kishi avtomobil boshqarganida "Odamlar nima deb o‘ylaydi?", degan xavotirga tushishi kerak?!

Mashinaga uzoqni yaqin qiladigan, ko‘pgina qulayliklarni o‘zida jamlagan bir ayolning "dastyori" sifatida qarash, balki, to‘g‘ri bo‘lar! Psixologlarning fikricha, avtomobil boshqaruvi ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortiradi, shu bilan birga har ishda ehtiyotkorlikni o‘zida mujassamlashtiradi. Axir avtomobil hozirgi kunda oddiy ehtiyojga aylangan bo‘lsa. Ayol kishi ayni damda mehribon, jonkuyar onadir. Nima uchun bu holatga bir taraflama qarashimiz kerak. Katta shaharlarda farzandlarini bog‘chaga, maktabga olib borish hozirgi kunda ayollarning zimmasiga tushgan. Oilaning kam-ko‘stini to‘diradigan, oila suyanchi ham erkak kishi va u har doim uyda bo‘lavermaydi. Bunday vaziyatlarda ayol kishining avtomobil boshqarishi ayni mudaodir!

Laziza Yo‘lchiyeva, O‘z JOKU talabasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!