Makron parashyutdan sakrashga va’da berdi

Makron parashyutdan sakrashga va’da berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tuluzadagi harbiy bazaga tashrifi chog‘ida parashyutdan sakrab ko‘rishga va’da berdi. Bu haqda Depeche du Midi nashri xabar tarqatgan.

Fransuz yetakchisi sharafiga desantchilar ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishgan, Makron ular bilan salomlashgan. Brigada komandiri prezident hamda bosh vazirning parashyutdan qanday sakrashini ko‘rishni astoydil istashlarini aytib, hazillashgan.

- Men sakrab ko‘raman, va’da beraman, - degan prezident.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!