Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Lenovo ikki joyidan buklanuvchi qayishqoq ekranli noutbuk tayyorlayapti

Turli kompaniyalar buklanuvchi smartfon va planshetlar tayyorlayotgan bir paytda Lenovo yanada oldinroqqa intilmoqda. U virtual klaviaturali, Windows 10 tizimida ishlovchi buklama noutbuk uchun patent oldi.

Yangicha noutbukning dizayni yaqinda e’lon qilingan patent hujjatlarida fosh etildi. Noutbuk korpusi ikki joyidan buklanishi mumkin. Shu bo‘limlardan birida prosessor, xotira va klaviatura joylashadi. Qolgan ikki qismini esa qayishqoq displey egallaydi.

To‘g‘ri, bu hozircha patent, xolos, ammo Lenovo bu loyihaga jiddiy kirishgan ko‘rinadi. Zero, mazkur kompaniya keyingi paytlarda turli sohalarda ko‘pchilik raqiblaridan o‘zib ketayotir.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!