Nokia 3210 telefoni qayta chiqarilishi mumkin

Nokia 3210 telefoni qayta chiqarilishi mumkin

“Nokia 3210” telefoni joriy yilda yana sotuvga chiqarilishi mumkin. Bu haqda “Gizmochina” nashri xabar berdi.

“HMD Global” kompaniyasi 1990-yillarning oxirida xit bo‘lgan mashhur “Nokia 3210” telefonini 25 yildan keyin zamonaviy yangilanishlar bilan taqdim qilishi kutilmoqda

Yaqinda kompaniya Keniyada taqdimot marosimini o‘tkazganida, afishada mazkur telefonning posteri paydo bo‘lgan

““HMD” klassik dizayn elementlariga ega “Nokia 3210” (2024) original modelning mohiyatini saqlab qolgan, buni tanish tugmalar tartibi kabi tafsilotlarda ko‘rish mumkin

Ammo yangilangan telefonning orqa tomoni zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Mashhur “Nokia” logotipi hali ham o‘z joyida, ammo endi asl modelda bo‘lmagan orqa kameraga mavjud. Pastki qismida ““HMD” logotipi ham tushirilgan.

Reklama posterida “Nokia 3210” (2024) uchun batareyaning uzoq ishlash muddati, “Bluetooth” va 4G ulanishi kabi xususiyatlarga ishora qiladi. Biroq, boshqa tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!