Pokiston 500 mingdan ortiq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar mobil aloqalarini cheklab qo‘yadi

Pokiston 500 mingdan ortiq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar mobil aloqalarini cheklab qo‘yadi

Pokiston hukumati Milliy telekommunikasiya boshqarmasi va mahalliy telekommunikasiya kompaniyalariga mamlakat soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarga tegishli 500 mingdan ortiq mobil telefon SIM-kartalarini blokirovka qilishni buyurdi.

Geo TV ta’kidlaganidek, bu chora 2023 moliya yili uchun daromad solig‘i deklarasiyasini topshirmagan Pokiston fuqarolariga ta’sir qiladi. Telekommunikasiyalar boshqarmasi va telekommunikatsiyas kompaniyalari 2024 yil 15 maygacha hukumat ko‘rsatmasiga rioya qilishlari kerak.

Yuqorida qayd etilgan shaxslarning SIM-kartalari Federal daromadlar byurosining keyingi xabarnomasiga qadar bloklangan holda qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!