Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro YO.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Uchtepa tumani hududida joylashgan savdo do‘konida “Reduksin Layt” va “Zerofit” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan jami 10 turdagi 365 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!