Koronavirus: Moskvada ko‘proq yoshlar kasallanmoqda

Koronavirus: Moskvada ko‘proq yoshlar kasallanmoqda

Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar orasida ko‘plab yoshlar bor, deya xabar beradi tezkor shtab.

Poytaxtda 197 ta yangi yuqtirish holati qayd etilgan, ularning 152 nafari 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lganlardir. Bundan tashqari, 13 nafar voyaga yetmaganlarda ham koronavirus aniqlangan.

Rossiyada so‘nggi 24 soat ichida 270 ta yangi infeksiya holati aniqlandi, butun mamlakat bo‘yicha bu ko‘rsatkich bir yarim mingdan oshdi. Mingdan ortiq holat Moskvaga to‘g‘ri keladi. Koronavirus infeksiyasi bo‘lgan sakkizta bemor vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!