Koronavirus! Dog‘istonda shifokorlar o‘limi ko‘paymoqda

Koronavirus! Dog‘istonda shifokorlar o‘limi ko‘paymoqda

Dog‘istonning Buynaksk shahrida yana ikkita shifokor — mahalliy bolalar kasalxonasining bosh shifokori va tez tibbiy yordam shifokori koronavirus tufayli vafot etdi. Bu haqda shahar rahbari Islomudin Nurgudayev o‘zining instagram sahifasida yozdi.

Nurgudayevning so‘zlariga ko‘ra, bosh shifokor Marjanat Zaynutdinovna va feldsher Umragil Aslanbekovna vafot etgan. U koronavirus tufayli tibbiyot xodimlarining o‘limi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ta’kidlab, ularning oilalari va do‘stlariga ta’ziya bildirdi.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha Dog‘istonda 50 ga yaqin shifokorlar koronavirus tufayli vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!