Kanadalik erkak sevgilisidan kelgan sovg‘ani yarim asr ochmasdan saqladi

Kanadalik erkak sevgilisidan kelgan sovg‘ani yarim asr ochmasdan saqladi

Kanadaning Edmonton shahrida yashovchi 65 yoshli erkak uni tashlab ketgan qizdan kelgan sovg‘ani qariyb yarim asr ochmasdan saqladi. U sovg‘aning ichida nima borligini endigina bildi, deb yozmoqda CTV News

Adrian Pirs 48 yil avval maktabni tugatgan. Rojdestvo bayramidan oldin sevgan qizi unga sovg‘a bergan va u bilan ajrashishni istayotganini aytgan. Erkak o‘shandan buyon sovg‘ani ochmagan va har yili uni archa ostiga qo‘ygan. Erkakning rafiqasi talab qilmagunicha an’ana shu tariqa davon etib kelgan.

2017 yilning oxrida Pirs va uning ochilmagan sovg‘asi haqida OAVlar hikoya qilgan. Buni Viki Allen, erkakni o‘sha vaqtda tashlab ketgan qiz ko‘rgan. Facebook orqali yozishgach, Pirs va uning rafiqasi Allenni mehmonga taklif qilgan.

Yig‘ilgan odamlar oldida ayol mahalliy kafening sahnasiga chiqqan va sovg‘ani o‘zi ochgan. Uning ichida nima borligini ayolning o‘zi ham unutgan edi. Sovg‘aning ichidan sevgi haqidagi gaplar yozilgan kitob chiqqan. Bu ayol uchun ham syurpriz bo‘lgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!