Joriy yilda Biznes-ombudsman 1 144 nafar tadbirkorning qonuniy manfaatini himoya qildi

Joriy yilda Biznes-ombudsman 1 144 nafar tadbirkorning qonuniy manfaatini himoya qildi

2022 yilning yanvar-aprel oylari davomida Biznes-ombudsmanga 3,1 mingdan ziyod tadbirkorlar murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarning 1 144 tasi bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklandi hamda qolganlari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Xususan, Toshkent shahrida 475 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 340 ta, Toshkent viloyatida 199 ta va Namangan viloyatida 197 ta tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari tiklandi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning asosiy murojaatlari 15,9 foizi soliq ma’muriyatchiligi, 13,8 foizi yer munosabatlari, 12,1 foizi infratuzilma, 10 foizi bank sohasi hamda boshqa masalalar bilan bog‘liq.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan 556 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Jumladan, sudlarga 30,4 mlrd so‘mlik 78 ta da’vo ariza (shikoyat), davlat organlariga 51 ta taqdimnoma, 23 ta xulosa, 44 ta ogohnoma kiritilgan bo‘lib, davlat organlarining 342 ta xodimiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Natijada, tadbirkorlarning noqonuniy olib qo‘yilgan 50 gektardan ortiq yer maydonlari qaytarildi, 80 million so‘mdan ortiq qarzdorlik hisobdan chiqarildi, davlat organlarining 9 nafar huquqbuzar xodimi intizomiy jazoga tortildi. Bundan tashqari, sud qarorlari bilan tadbirkorlarga davlat organlaridan 600 million so‘mlik mablag‘lar undirilishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!