Jasur Jaloliddinov: "Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz"

Jasur Jaloliddinov: "Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz"

O‘zbekiston U23 terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Osiyo kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni termasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

– Ertaga oldimizda muhim uchrashuv bor. Biz o‘yinga tayyormiz.

Tayyorgarlik haqida:
– Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik. Yildan yilga o‘z o‘yinimizni shakllantirib, o‘sishga erishdik. Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.

Futzal terma jamoamizning g‘alabasi haqida:
– Albatta bundan juda ham xursandmiz. Futzalchilarimiz ham biz ham bir jamoamiz va xalqimizni g‘alaba bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ertangi o‘yinda ularga ham omad tilayman.

Ertangi o‘yindagi muxlislik haqida:
– Biz xalqimizning qo‘llab-quvvatlashini his qilib turibmiz. Ular g‘alabamiz uchun duoda bo‘lishmoqda. Ertangi o‘yinda raqib jamoa muxlislari ko‘p bo‘lishi bizga bosim bermaydi, bor e’tiborimizni g‘alaba qozonishga qaratamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!