Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda

Janubiy Koreyada bir sutkada 146 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. Shuningdek, kun davomida 283 kishi sog‘ayib ketgan. Umumiy kasallanganlar soni 9478 kishiga yetdi, 144 kishi vafot etdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi.

Shu vaqatga qadar 139 kishi koronavirusdan o‘lgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini eng yuqori darajaga ko‘tardi. Tegu shahri va Kyongido provinsiyasining uchta shahri maxsus ofatlar zonalari deb nomlangan. Barcha maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari 6 aprelga qadar yopildi. 5 aprelgacha aholiga uylaridan chiqish, sport, ko‘ngilochar va diniy muassasalarga borish taqiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!