Janubiy Koreyada H5N8 virusi tufayli 400 mingdan ortiq parranda yo‘q qilinadi

Janubiy Koreyada H5N8 virusi tufayli 400 mingdan ortiq parranda yo‘q qilinadi

Janubiy Koreyada 290 ming tovuq hamda 119 ming o‘rdak parrandachilik fermalarida yuqori patogenli parranda grippi aniqlanganligi sababli yo‘q qilinadi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, H5N8 shtammli virus Seuldan 290 km janubda, Cholla-Pukto viloyatidagi o‘rdaklar fermasida aniqlangan.

Hozirga qadar respublika hududida xavfli virusni aniqlashning barcha holatlari yovvoyi qushlar bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Ma’lumotlaga ko‘ra, virus qayd etilgan fermadan o‘n kilometr radiusda qat’iy karantin rejimi joriy qilingan va ushbu hudud maxsus texnika hamda aviasiya yordamida dezinfeksiya qilinmoqda. Janubiy Koreya bo‘ylab parrandalarni tashish 48 soatga taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!