Isroildagi OAV qattiq siquvga olindi. BMT bu holat bo‘yicha sukut saqlamoqda

Isroildagi OAV qattiq siquvga olindi. BMT bu holat bo‘yicha sukut saqlamoqda
Isroildagi Falastin ommaviy axborot vositalari xalqaro hamjamiyatni “Isroil milliy xarakteridagi davlat” to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinishiga keskin qarshiligini bildirishini so‘rab, telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali chaqiriq bilan chiqmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi ma’lumot berdi.

Isroildagi falastin jurnalistlar kasaba uyushmasi advokati Ala Firijatning ta’kidlashicha, bu qonunda Falastin OAV faoliyatining huquqlari cheklanganligi, mustaqil faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘yilmasligi keltirib o‘tilgan.

Ayni paytda Falastin jurnalistlari yahudiy polisiyasi tomonidan qattiq nazoratga olingan bo‘lib, Ala Frijatning aytishicha jahon hamjamiyatining ushbu qonunga nisbatan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarishiga qadar saqlanib qoladi.

Avval xabar qilinganidek, ushbu qonunga nisbatan “Isroil butun dunyo ko‘z o‘ngida razillik qildi va jahon hamjamiyati ushbu qonun qabul qilinishiga keskin qarshi reaksiya qilishi zarur” deya chaqiriq bilan chiqqan edi rasmiy Anqara.
 
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!