"Ilhaq" filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta eng yirik mukofotni qo‘lga kiritdi

"Ilhaq" filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta eng yirik mukofotni qo‘lga kiritdi

Hozirgina “Listapad” xalqaro Minsk kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi kinofestivalning ikkita sovrini bilan, Muhammadali Iskandarovning “Men terrorchi emasman” filmi esa kinofestival hay’at a’zolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

"Ilhaq" filmi kinofestivalning "Gran-pri" hamda Belarus Respublikasi Prezidentining "Kinoda ma’naviyat va insonparvarlik g‘oyalari uchun" maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

"So‘nggi yillar o‘zbek filmlari yuksak mukofotlarni olayotgani tahsinga loyiq. Bularning barchasi muhtaram prezidentimizning kinoga e’tiboridan dalolat. "Ilhaq” filmining g‘oyasi ham yurtboshimizga tegishli" deydi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov

Shuningdek, “Listapad” xalqaro kinofestivalida Muhammadali Iskandarovning “Osiyo arsloni” (“Aziatskiy lev”) hamda Akbar Bekturdiyevning “Uzbechka” (“O‘zbek qizi”) yangi kinoloyihalari Kinematografiya agentligi hamda “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbek filmlari so‘nggi oyda qo‘lga kiritgan 6 xalqaro darajadagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Avvalroq, 8-12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Tutqunlik" hamda “Xalq jasorati” filmlari ham sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari ham muntazam ravishda turli kinofestivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

“Listapad” xalqaro Minsk kinofestivali Kinoprodyuserlar assosiasiyasining xalqaro federasiyasi (FIAPF) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, unda Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!