HAMAS taklifga ko‘nmasa, SAXAL Rafahda quruqlikdagi operasiyani boshlaydi

HAMAS taklifga ko‘nmasa, SAXAL Rafahda quruqlikdagi operasiyani boshlaydi

Isroil HAMASdan garovga olingan kamida 33 kishini, jumladan ayollar va harbiylarni ozod qilishni talab qilmoqda. Aks holda SAXAL Rafahda quruqlikdagi operasiyani boshlaydi. Bu haqda 12-kanal yuqori martabali amaldorlarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, talab bugun Isroilga kelishuv variantlarini muhokama qilish uchun kelgan Misr delegasiyasiga yetkazilgan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Quddus endi HAMASning G‘azo sektoridagi siyosiy yetakchisi Yahyo Sinvarga muzokaralarni kechiktirishga ruxsat bermaydi.

“Yo HAMAS yaqin kunlarda rozi bo‘ladi, yoki armiya Rafahga kiradi”, - deya xulosa qilgan manbalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!