Hal qiluvchi pallalar. Lukashenko taxtida qoladimi?

Hal qiluvchi pallalar. Lukashenko taxtida qoladimi?

Belorusda mamlakat tarixida oltinchi prezidentlik saylovlari hal qiluvchi pallasiga kirdi. Saylovchilarning deyarli uchdan bir qismi ovoz berishga ulgurdi.

Prezidentlikka nomzodlar — “Haqiqatni gapir” jamoat harakatining hamraisi Andrey Dmitriyev, parlamentning sobiq a’zosi Anna Kanopaskaya, amaldagi davlat rahbari, Aleksandr Lukashenko, muxolifat blogerining rafiqasi, uy bekasi Svetlana Tixanovskaya va Gramada Belorus sosial-demokratik partiyasi raisi Sergey Cherechen.

Saylovoldi tashviqotida ko‘plab janjallar, nomzodlarning saylovda qatnashishining to‘xtatilishi va ulardan biri Viktor Babariko hamda namoyishchilarni hibsga olinishi kabi voqealar sodir bo‘ldi.

Saylovning dastlabki natijalari dushanba kuni e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!