Habib Nurmagomedovning Meyvezer bilan jangi taxminan qachon va qayerda bo‘lishi mumkinligi aytildi

Habib Nurmagomedovning Meyvezer bilan jangi taxminan qachon va qayerda bo‘lishi mumkinligi aytildi

Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmamogedovning fikricha, o‘g‘li va Meyvezer o‘rtasidagi jang keyingi yilning may oyida “Ahmat-arena”da bo‘lishi mumkin.

Habib va Meyvezer jangi bo‘lishi mumkin. Floyd bizning jamoa bilan aloqaga chiqqan. Bu jang nafaqat ikki tomon, balki investorlarning ham jiddiy qiziqishiga sabab bo‘lyapti. Jang Grozniydagi 30 ming kishilik “Ahmat-arena”da 4 may kuni bo‘lishi mumkin, — dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

Ma’lumot uchun, Habib Meyvezerni jangga chorlagan. Meyvezer esa buni qabul qilgan. Rossiyalik sportchi jangni Moskvadagi “Lujniki” stadionida o‘tkazishni taklif qilgan. Ammo Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bu jang Rossiyada bo‘lishi mumkin emasligi, ammo agar tashkilotchilar rozi bo‘lishsa, jangni Grozniyda tashkillashtirish mumkinligini aytgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!