Habib Nurmagomedov Toshkentda iftorlikka keldi va Mirziyoyev kuyovlari bilan uchrashdi (foto)

Habib Nurmagomedov Toshkentda iftorlikka keldi va Mirziyoyev kuyovlari bilan uchrashdi (foto)

UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Nurmagomedov sahifasiga O‘zbekiston Prezidenti kuyovlari Oybek Tursunov va Otabek Umarov bilan birga tushgan suratini joyladi.

«Mehmondo‘stlik uchun katta rahmat, Oybek Tursunov va Otabek Umarov. Toshkent salqin, lekin hechqisi yo‘q iftorda issiqqina Samarqand palovi yeb isinib olamiz»,—deya izoh qoldirgan sportchi.

Eslatib o‘tish joiz, Nurmagomedov 2017 yil may oyida ham Toshkentga kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!