Golovkin barcha kamarlaridan mahrum bo‘ldi

Golovkin barcha kamarlaridan mahrum bo‘ldi

15 sentyabr oqshomida Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada professional boks bo‘yicha yilning muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tdi.

O‘rta vaznda (-72,6 kg) WBA, WBC, WBA Super va IBO yo‘nalishlarida jahon chempioni, shu vaqtga qadar hech bir jangida mag‘lub bo‘lmagan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin The Ring versiyasi bo‘yicha vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschisi hisoblangan meksikalik Saul Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.

12 raund davom etgan jangda Alvares birinchi raqam ostida harakat qildi va yakunda hakamlarning ochkolariga ko‘ra g‘alaba qozondi. Ikki hakam Alvaresning 115-113 hisobidagi ustunligini qayd etdi, uchinchi hakamning bahosi esa durang bo‘ldi - 114-114.

Bokschilarning bir yil muqaddam o‘tgan jangida durang natija qayd etilgandi.

Shu tariqa, Golovkin professional ringdagi faoliyatida ilk mag‘lubiyatidan keyin barcha kamarlarini boy berdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!