«GM Uzbekistan» 5 mingdan ziyod avtomobilni bir zumda sotib olishni taklif etdi

«GM Uzbekistan» 5 mingdan ziyod avtomobilni bir zumda sotib olishni taklif etdi

GM Uzbekistan Kompaniyasi haridorlarga hozirda mavjud bo‘lgan avtomobillarni taklif etadi va 3 kunda yetkazib berishni ta’minlashini ma’lum qildi.

Bir zumda sotish uchun dilerlarda 5,8 mingdan ziyod avtomobillar barcha ranglarda va komplektasiyalarda mavjuddir :
COBALT – 1 067 dona;
LACETTI – 1 235 dona;
MALIBU – 520 dona;
SPARK – 3 015 dona;

«GM Uzbekistan» avtomobillarini barcha ranglarda va komplektasiyalarda «Uzavtosavdo online» platformasi orqali sotib olish mumkin. Buning uchun kompaniya saytiga kirish yoki «Uzavtosavdo» ilovasini yuklab olish, identifikasiyalash yagona tizimi ( One ID)da ro‘yhatdan o‘tish, onlayn yo‘riqnomaga muvofiq istalgan avtomobilni tanlash kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!