«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida nega tirbandlik yuzaga kelmoqda?

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida nega tirbandlik yuzaga kelmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Shu sababli asosiy oqim "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi xarakatlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!