Fotogalereya! Tashqi ko‘rinishi asl yoshiga mos kelmaydigan sohibjamol mashhurlar
Tashqi ko‘rinish har doim ham asl yosh bilan mutanosib bo‘lavermaydi. Bunga to‘g‘ri turmush tarzi, yaxshi parvarish yoki kosmetik vositalar sabab bo‘lishi mumkin. Adme.ru tashqi ko‘rinishi asl yoshiga mos kelmaydigan mashhurlarning suratlarini taqdim etdi.
1. Miranda Kerr, 35 yosh
Supermodel Miranda Keer 35 yoshga to‘ldi, ammo tashqi ko‘rinishidan bunday deyish qiyinroq. Ayni damda u ikki nafar farzandning onasi.
2. Iman, 62 yosh
Somalilik model yoshiga umuman mutanosib emas. 62 yoshli ayolga 40 yoshdan yuqori baho berishga ikkilanib qolasiz.
3. Kristi Brinkli, 63 yosh
Model Kristi Brinkli uchun vaqt xuddi to‘xtab qolgandek. 63 yoshda ham u juda ko‘rkam va chiroyli. Uning yoshligi siri tinimsiz jismoniy mashg‘ulotlarda. Hozirda u bir nechta qizlarning onasi.
4. Jeyn Fonda, 81 yosh
Dekabrda taniqli aktrisa 81 yoshga to‘ldi. U hamon filmlarda suratga tushish bilan band.
5. Xaydi Klum, 45 yosh
45 yoshli model va 4 farzandning onasi bo‘lmish Xaydi Klumning ko‘rinishi shunchaki a’lo darajada.
6. Sindi Krouford, 52 yosh
Taniqli supermodel Sindi Krouford ham tashqi ko‘rinishini yosh saqlab kelayotganlar sirasiga kiradi. Uning hademay 53 yoshga to‘lishiga va 17 yoshli qizi borligiga ishonish qiyin
7. Xelli Berri, 52 yosh
Xelli Berri jismoniy mashqlar orqali qarishni sekinlashtirish mumkin ekanligining isboti. Shuningdek, ayol 22 yildan beri jiddiy parhez qiladi, chunki o‘shanda unga qandli diabet tashxisi qo‘yilgan.
8. Salma Xayek, 52 yosh
Tashqi ko‘rinishiga qarab bu aktrisaga 35 yoshdan ortiq baho berish mushkul. Ammo u 52 yoshda.
9. Riz Uizerspun, 42 yosh
Riz Uizerspun 42 yoshda, ammo u o‘zining 19 yoshli qizi bilan yonma-yon turganda ularni opa-singil deyish mumkin.
10. Endi Makdauell, 60 yosh
Endi Makdauellni o‘ziga xos stillda ko‘rganingizda 60 yosh berishga ikkilanasiz.