Eronliklar Rossiya bilan qurol savdosini davom ettirmoqchi

Eronliklar Rossiya bilan qurol savdosini davom ettirmoqchi

Eron va Rossiya o‘rtasida harbiy-savdo hamkorligi bo‘yicha kelishuvlar yo‘lida «hech qanday to‘siqlar» yo‘q, dedi Eron oliy rahbarining maslahatchisi va mamlakatning xalqaro aloqalar bo‘yicha strategik kengashi rahbari Kamol Xarroziy Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.

Xarroziyning qayd etishicha, Tehron Rossiya qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. «Biz yaqin orada ular (Rossiya) bilan keng qamrovli strategik shartnoma imzolashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Xarroziy Rossiyaga qurol yetkazib berish haqidagi so‘nggi ayblovlarni ham «yolg‘on» deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!