Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 723 700 dan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 723 700 dan oshdi

Bugungi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Jons Hopkins universiteti onlayn-servisi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi 177 mamlakatda qayd etilgan. Ushbu kasallikni 723 700dan ortiq odam yuqtirgan, 152 mingdan ortiq odam sog‘ayib ketgan. Shuningdek, 34 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi.

Bugungi kunga qadar, tasdiqlangan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (143 mingdan ortiq) Italiya (97 mingdan ortiq) va Xitoyni (82 mingdan ortiq) ortda qoldirdi. Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (80 mingdan ortiq), Germaniya (62 mingdan ortiq) va Fransiya (40 mingdan ortiq).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!