Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi

Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi

AerialX dastlab oddiy dronlar ishlab chiqara boshlagan edi, ammo bozorda raqobatchilar ko‘paygach, u o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. Kanadadagi mazkur kompaniya endi kvadrokopterlarni yo‘q qiluvchi kamikadze dron ishlab chiqdi.

Kompaniyaning bu boradagi birinchi ishlanmasi raketa va kvadrokopterning chatishmasiga o‘xshab ketadi. Dron-kamikadze havoda nishonni aniqlashga, uni ta’qib etishga va yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Vazni bir kilogrammga yaqin bo‘lgan dron-kamikadze uchish tezligini naq 350 km/soatga yetkaza oladi. O‘z nishoniga shu tezlikda urilib, uni ishdan chiqaradi.

AerialX droni korpusida bir nechta kameradan iborat tizim mavjud bo‘lib, ular yordamida o‘z atrofini muntazam tarzda kuzatib boradi. Bu o‘z mo‘ljaliga urilishda trayektoriyani va tezlikni hisob-kitob qilish uchun kerak. Masalan, kichik dronlarga u ostidan hujum qiladi, katta kvadrokopterlarga esa ustidan zarba beradi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu kamikadze dronini maxsus xizmatlarga, harbiylar va kvadrokopterlarga qarshi kurashuvchi boshqa tashkilotlarga yetkazib berishni ko‘zda tutgan. AerialX bu ishlanmasini bir necha yil mobaynida tayyorlagan va endi u ommaviy ishlab chiqarishga tayyor, endigi masala buyurtmachilar topish.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!