Diqqat! Koronavirusning bolalar uchun eng xavfli oqibati ma’lum bo‘ldi

Diqqat! Koronavirusning bolalar uchun eng xavfli oqibati ma’lum bo‘ldi

Koronavirus bilan kasallangan bolalarda "sitokin bo‘roni" — organizm to‘qimalariga zarar yetkazadigan nazoratsiz yallig‘lanish yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Nyu-Yorkdagi Maunt-Sinay tibbiyot maktabida o‘tkazilgan tadqiqotda aytilgan, deb yozadi Daily Mail.

Aprel oyida amerikalik shifokorlar bir tendensiyani aniqladilar: koronavirusga chalingan bolalarda Kavasaki sindromiga o‘xshash alomatlar — tananing turli qismlariga ta’sir qiladigan isitma, toshma, shishish va yallig‘lanish bilan birga keladigan noyob kasallik paydo bo‘ladi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalarda "sitokin bo‘roni" kechroq paydo bo‘lishi ham mumkin, bu esa hatto koronavirusdan tuzalgandan keyin ham bolalarning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Hisobotda bolalarda koronavirus aniqlanmagan taqdirda ham e’tiborli bo‘lish zarurligi ta’kidlangan. AQShda kamida 100 nafar bolaga Kavasaki sindromi tashxisi qo‘yilganligi aniqlandi. Ushbu holat Evropada ham qayd etilmoqda. Endi shifokorlar koronavirus yallig‘lanish sindromini to‘g‘ridan-to‘g‘ri keltirib chiqaradimi, uni qanday davolash kerak, kabi savollarga javob topishlari lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!