Chiqindilar ichidan topilgan 24 ming yevroga yaqin pul muhtojlarga berildi

Chiqindilar ichidan topilgan 24 ming yevroga yaqin pul muhtojlarga berildi

Metall yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Sackers firmasi xodimlari eski seyf ichidan chiqqan 20 ming funt (24 ming yevroga yaqin) pulni muhtojlarga berishga qaror qilishdi.

The Independent gazetasining yozishicha, Sufflok grafligidagi metall chiqindilari omboridagi zanglagan seyf ichidan qog‘oz pullar va tangalar chiqqan.

Topilmani polisiyaga berishgan, polisiya bu pullarning egasini qidirgan, ammo hech kim pulini so‘rab kelmagan.

Shundan so‘ng sud Sackers firmasini ushbu mablag‘ egasi deb e’lon qildi, ammo firmadagilar bu pullarni muhtojlarga berishga qaror qildi va onkologik bemorlar davolanadigan ikkita shifoxonaga taqdim etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!