Chinozda avariya: 1 kishi halok bo‘ldi

Chinozda avariya: 1 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 29 iyul kuni taxminan soat 09:00larda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga  ega bo‘lgan M39 avtomobil yo‘lida 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi, Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi R.SH. Lacetti rusumli avtomobilni Toshkent shahri tomondan Sirdaryo viloyati tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yo‘lning 866-kilometrida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.G‘. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, Lacetti rusumli avtoulov yo‘lovchisi, 1981 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qilgan R.O. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti rusumli avtoulov haydovchisi R.SH. ichki qon ketishi tashxisi bilan Chinoz tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.  

“Hurmatli fuqarolar, yo‘llarda belgilangan tezlik talablariga, shuningdek yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlaning. Zero, yo‘l xatoni kechirmaydi”, - deyiladi ma’lumotda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!