Chegara ochilmoqda: endi o‘zbekistonliklar Turkiyaga kirishi mumkin, faqat...

Chegara ochilmoqda: endi o‘zbekistonliklar Turkiyaga kirishi mumkin, faqat...

Turkiya tibbiy muassasalarda davolanish uchun mamlakatga tashrif buyurayotgan o‘zbekistonliklar uchun chegaralarini ochmoqda, deb xabar beradi Daily Sabah.

“20 maydan boshlab Turkiya 31 davlat, shu jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, O‘zbekistonga, shuningdek, Yevropa va Yaqin Sharqning bir qator davlatlari fuqarolari kirishiga rasman ruxsat beradi. Shu bilan birga, sayohatlarga plyaj ta’tili emas, balki sog‘lomlashtirish ta’tili kiradi", - deyiladi xabarda.

Bemorlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: ortopediya, travmatologiya, umumiy jarrohlik, bolalar jarrohligi, urologiya, ko‘z kasalliklari, kardiologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, gematologiya, reproduktiv terapiya, organlar va suyak iligi transplantasiyasi.

Tibbiy sayyohlar mamlakatga ko‘pi bilan ikki kishi hamrohligida kiritilishi mumkin. Bemor va unga hamroh bo‘lgan shaxslar COVID-19ga test topshirishlari kerak. Agar bu testlar o‘z mamlakatlarida mavjud bo‘lsa, unda test safardan 48 soat oldin topshirilishi kerak. Turkiyaga kirayotganda koronavirus testi tahlili manfiy to‘g‘risida sertifikat bo‘lishi kerak yoki Turkiyaga kirganda pullik test topshirish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritgan edi. Chet ellik haydovchilar 14 kunlik karantin davrini kutmasdan, mamlakatdan imkon qadar tezroq chiqib ketish sharti bilan Turkiyaga kirishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!