Chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan poytaxt tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

Chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazmagan poytaxt tug‘ruqxonalarning 14 nafar mansabdori jarimaga tortildi

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati xabar berishicha, yanvar oyida Agentlik Toshkent shahridagi tug‘ruqxonalar tomonidan tibbiy ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritish va FHDYo bo‘limlariga yuborish holatini o‘rgangan.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ilish va o‘lim holatlari bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan muddatlarda axborot tizimiga kiritilmaganligi va FHDYo organlariga yuborilmaganligi aniqlandi. 

 Joriy yilning yanvar oyi davomida tug‘ilganlik haqidagi 390 ta, perinatal o‘lim haqidagi 3 ta ma’lumotlar axborot tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik haqidagi 888 ta ma’lumotlar belgilangan muddatdan kechiktirilib kiritilgan. 

Misol uchun, Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksi tomonidan 2021 yil 9 yanvarda tug‘ilgan fuqaro L.S.ning bolasi haqidagi ma’lumot 11 kundan keyin, ya’ni 21 yanvarda FHDYo bo‘limiga yuborilgan.

Shuningdek, tibbiyot muassasalari tomonidan muddat o‘tib ketgan bo‘lsada, ayrim tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritilmaganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan, 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima jazo chorasi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!