Buxoroda qariyb 10 yildan beri aliment to‘lamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi

Buxoroda qariyb 10 yildan beri aliment to‘lamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qariyb 10 yildan beri aliment to‘lamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudning 2015 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.A.dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatida aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lov qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, to‘lovlarni vaqtida to‘lamagani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Qarzdor 11 yil Rossiyada bo‘lib, qaytib kelgach G‘ijduvon tumanida buvisining xonadonida yashirinib yurgan.

Boshqarmaning qidiruv sho‘basi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilib, tegishli chora ko‘rish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan. Qarzdor otaning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzi qayta hisob-kitob qilinganda 2024 yil holatida 130,6 million so‘mni tashkil qildi.

Hozirda qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!