Iste’foga chiqqan 12 nafar amerikalik mulozim birinchi marta qo‘shma bayonot bilan chiqdi

Iste’foga chiqqan 12 nafar amerikalik mulozim birinchi marta qo‘shma bayonot bilan chiqdi

«Biz G‘azodagi jinoyatlarga sherik bo‘ldik», - 12 Amerika rasmiysining qo‘shma bayonotida.

7 oktabrdan beri Isroilning G‘azodagi qirg‘ini ortidan turli davlat idoralaridan iste’foga chiqqan 12 nafar amerikalik mulozim birinchi marta qo‘shma bayonot bilan chiqdilar, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati siyosati G‘azodagi falokatga olib keldi:

💢 Bayden ma’muriyatining G‘azo siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi va shu bilan birga AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.

💢 Isroilni diplomatik qo‘llab-quvvatlash va qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etishi Qo‘shma Shtatlarni «G‘azoda Falastin xalqini o‘ldirish va majburan ochlikdan o‘ldirishda» sherik qildi.

💢 «Bu nafaqat axloqiy jihatdan qoralanadi, balki xalqaro gumanitar huquq va AQSh qonunlarini ochiqdan-ochiq buzishdir.»

💢 «Mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ham katta zarar ko‘rdi va Qo‘shma Shtatlarning butun dunyoda obro‘siga putur yetdi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!