Isroil Eronga keskin javob qaytardi

Isroil Eronga keskin javob qaytardi

Isroil Hizbulloh qurolli kuchlari Livan janubini tark etgunga qadar ularga qarshi hujumni to‘liq kuch bilan davom ettiradi. Buni Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Eron vakillarining bayonotlariga javoban aytdi.

"Eron bugun Isroil Hizbullohning Livandan qilgan hujumlariga to‘liq javob qaytarsa, uni yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda. Mening Eronga javobim aniq: birinchidan, Hizbulloh o‘t ochishni to‘xtatmasa va janubiy Livandan chekinmasa, xavfsizlik ta’minlanmaguncha unga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qilamiz... ikkinchidan, vayronagarchilikka tahdid solayotgan rejim yo‘q qilinishiga loyiqdir”, deb yozdi u o‘zining X sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!