Buxoroda gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 18 sentyabr kuni ertalab soat 08:30larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi Buxoro-"Qorovulbozor" magistral yo‘lida 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusning yo‘l transport halokatiga uchrashi va gaz balloni portlashi oqibatida 4 kishi voqea joyida, 1 kishi esa kasalxonada vafot etdi.

5 nafar og‘ir bemor RSHTYOIM Buxoro filialiga yotqizildi. 7 nafar bemorning ahvoli o‘rta og‘irlikda, 9 nafarining ahvoli yengil bo‘lib, ular Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilib, RSHTYOIM dan xirurg, neyroxirurg va reanimatolog mutaxassislari sanaviyasiya tarmog‘i orqali yuborildi.

Hozirda jabrlanganlarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Avtohalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!